O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni davom ettiradi

2020-08-12 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin bilan telekonferentsaloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni yanada mustahkamlashning istiqbollari, shuningdek, har ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya bilan bog‘liq global inqiroziy hodisalarning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi va transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida har ikki mamlakat vazirliklari va idoralari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik qayd etildi - hozirgi vaqtga qadar savdo to‘siqlarini bartaraf etish, shuningdek, ikki tomonlama tovar aylanmasining nomenklaturasi va hajmini kengaytirish bo‘yicha birgalikda olib borilgan ishlarda ahamiyatli yutuqlarga erishildi.

Ikki davlat hududlari orqali yuklarni to‘siqlarsiz tashishni ta’minlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishini nazarda tutgan holda o‘zaro savdoning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun ikkala mamlakat hukumatlarining bor imkoniyatlarni ishga solishga sodiqligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, hozirgi iqtisodiy vaziyatda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga imkon beradigan tarif va notarif tartibga solish usullarini birlashtirishning aniq mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha joriy masalalar ustida ish olib borish doirasida faol hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться