O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-07-30 | Siyosat

Joriy yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Anqara shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri M.Chavushoglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki davlat hukumatlari tomonidan koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralarning iqtisodiyotning turli sohalari barqaror rivojlanishiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tadbirlarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zbekiston tomoni Turkiyaning COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash strategiyasining yuqori samaradorligini ta’kidladi.

Turkiya tomoniga shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor ko‘rsatgan yordami, xususan, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonga 30 mingta himoya kostyumlari va 50ta o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlari yuborilganligi, shuningdek, Anqara meriyasi tomonidan Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etilgan 250 ming niqob va 5 mingta dezinfektsiya vositasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik qo‘lami yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi ta’kidlandi.

Shu nuqtai nazardan, joriy yilning 19-20 fevral kunlari yuqori darajada bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston - Turkiya” strategik hamkorlik Kengashining birinchi yig‘ilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqichni ifoda etganligi ham ta’kidlandi. Ikkala davlatning umumiy manfaatlari va tashabbuslarini ilgari surish maqsadida yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-chi yig‘ilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan so‘nggi uch yil davomida 147ta loyihani amalga oshirish doirasida ko‘rsatilgan texnik yordamni yuqori baholadi.

Madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi - Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish doirasida tomonlar 14 iyul kuni onlayn shaklida O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati va Turkiya Respublikasining Bursa viloyati o‘rtasida Do‘stona aloqalar va hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risida Memorandum imzolanganligini yuqori baholadilar va shu bilan birga ushbu formatda amaliy tashabbuslarni amalga oshirishning salohiyatini ta’kidladilar.

Muzokaralar yakunida Turkiya tomoniga tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirildi. Uchrashuv davomida belgilangan yo‘nalishlar doirasida hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться