O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sifat menejment tizimlarini joriy etilishi ijobiy samara beradi
2020-09-08 | Iqtisodiyot
“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz miqyosida 140 ta ishlab chiыarish korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy etildi. Shu bilan birga 144ta muvofiqlik sertifikatlari ham rasmiylashtirildi. jumladan:
112 ta korxona sifat menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 9001);
14 ta korxona energetik menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 50001);
6 ta korxona oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 22000) va boshqa menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlashtirildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida sertifikatlashtirilgan korxonalarning asosiy qismi 21 tasi yengil sanoat, 15 ta oziq-ovqat, 18 tasi qurilish sanoatiga va boshqa sanoat tarmoqlariga to‘g‘ri keladi.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish 19 ta akkreditlangan idoralari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, jeoriy yilning o‘tgan davri mobaynida 51 ta fermer xo‘jaligi va korxonalarda Global G.A.P. standarti joriy etildi, 26 ta korxonalar Organik standarti bo‘yicha sertifikatlashtirildi va 20 ta tekstil sanoati korxonalari Oeko-Tex standarti bo‘yicha sertifikatlashtirildi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi