O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida issiqlik elektr stansiyasi: Turkiyaning Cengiz Enerji 2022-yilga kelib IES quradi

2020-09-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Mazkur loyiha bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning joriy yilning iyul' oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan edi.
 
IES qurilishi 150 mln dollargacha bo‘lgan miqdorda Turkiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish, qurilish paytida 500 yangi ish o‘rinlari va IESdan foydalanish vaqtida 100 ish o‘rinlari yaratish, yiliga 2 milliard kVt.s miqdorida arzon elektr energiyasini ishlab chiqarishni ta'minlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, respublika energiya balansini diversifikasiya qilish va elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz iste'molini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Cengiz Enerji va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida Investision bitim, shuningdek, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan turk kompaniyasidan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha Bitim imzolandi.
 
Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish, hamda qurilish boshlanganidan so‘ng 12 oydan kechiktirmay tayyor ob'ektni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться