O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazildi

2020-09-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistondagi AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan Respublikaning paxta va to‘qimachilik sohalarini isloh qilishda hamkorlikning istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Xorijiy hamkorlar paxta yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va paxta terish jarayonlarini mexanizasiyalash, shuningdek, ishchilarni mavsumiy paxta yig‘im-terimiga jalb qilishda bozor mexanizmlariga izchil o‘tish orqali mamlakat hukumati tomonidan paxta sanoatini zamonaviylashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlarni yuqori baholadilar. Jumladan, 2019-yilda Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig‘im-terimini mexanizasiyalash darajasini oshirish dasturi ishga tushirildi va bu amaliyot O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham kengayish istiqbollariga ega.
 
Xorijiy diplomatlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarga ko‘ra, bu sohani isloh qilish yo‘nalishidagi yana bir yutuq - paxta xom ashyosiga davlat buyurtmasining bekor qilinishi bo‘ldi. Bu paxta bozorida narxning erkin shakllanish mexanizmlarini joriy etish va bu sohada xususiy sektorning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
 
To‘qimachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish va paxta xom ashyosini eksport qilishdan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga o‘tish yo‘lida erishilgan sezilarli yutuqlar ta'kidlandi. Shu bilan birga, klaster ishlab chiqarish tizimidan foydalanish ham kengayib bormoqda – O‘zbekistonda ilk bor 2017-yilda tashkil etilgan paxta klasterlarining soni bugun 75 taga yetdi.
 
“Cotton Campaign” koalisiyasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan majburiy mehnatga barham berish masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘rnatish va to‘qimachilik sohasida ta'minot zanjirining shaffofligini oshirish borasidagi sa'y-harakatlar ham yuqori baholandi.
 
Maslahatlashuvlar jarayonida mas'uliyatli paxta ishlab chiqarish bo‘yicha umume'tirof etilgan sanoat standartlarini joriy etish, mamlakat to‘qimachilik sanoatini isloh qilish yuzasidan uzluksiz hisobot berish va ishlab chiqarish siklining barcha darajalarida shaffoflikni oshirish tizimini yaratish hisobiga xalqaro bozorda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish doirasida kelgusida hamkorlik qilishning istiqbollari haqida fikr almashildi.
 
Tadbir yakunlarida muhokama etilgan yo‘nalishlardagi hamkorlik doirasida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni birgalikda muhokama qilish uchun doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan platforma yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться