O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Qurilish industriyasiga mos malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi

16.10.2020SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent Arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib koʻrdi.

“Biznesga maslahat” portali imkoniyatlari

16.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun huquqiy maslahatlar berishga ixtisoslashgan “Biznesga maslahat” (Advice for business) interfaol portali yaratildi.

O‘zbekistonda foydali qazilma uchastkalari «E-ijro auksion» onlayn-auksionga joylashtirildi

16.10.2020TexnologiyalarManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonda ilk bor onlayn-auksion orqali sotib olish mumkin bo‘lgan foydali qazilmalar mavjud uchastkalar haqidagi ma’lumotlar «E-ijro auksion» saytiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yer hisobi va davlat kadastrlarini samarali yuritish masalalari muhokama qilindi

15.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-oktabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bojxona organlari uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlashning istiqbollariga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi

15.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Bojxona organlari uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlashni istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi

15.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 15-oktabr. /«Dunyo» AA/. «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi, deb xabar bermolqda «Dunyo» AA muxbiri.

Eksport rejalari va investitsiya loyihalarining bajarilishi tanqidiy tahlil qilindi

14.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

14-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy koʻrib chiqish, yangi oʻsish nuqtalarini belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Buxoroda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ko‘p qirrali aloqalarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi

14.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Buxoro shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Sardobada zamonaviy korxona ochildi, yangi uylar qurib bitkazildi

13.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

12.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Anons: Ertaga «Shanxay-Toshkent: elektron tijorat istiqbollari» - «elektron tijorat ipak yo‘li» mavzusidagi biznes-forum bo‘lib o‘tadi

12.10.2020TexnologiyalarManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. Ertaga, 13-oktabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston va Xitoy tijorat tuzilmalari vakillari ishtirokida «Shanxay-Toshkent: elektron tijorat istiqbollari - elektron tijorat ipak yo‘li» mavzusidagi biznes-forum onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari DFC Bosh ijrochi direktori bilan transport-logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildi

12.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 9-oktabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) bosh ijrochi direktori A.Boler bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Xitoyda bo‘lib o‘tadigan SHHT-2020 Xalqaro savdo va investitsiyalar yarmarkasida ishtirok etadi

11.10.2020ShHTManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOSHKENT, 10-oktabr. / “Dunyo” AA /. Joriy yil 16-18-oktyabr kunlari Xitoyning Sindao shahrida (Shandun viloyati) bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) Xalqaro savdo va investitsiyalar yarmarkasida O‘zbkiston ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari YETTB Boshqaruvchilar Kengashi Raisining o‘rinbosari etib saylandi

10.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOSHKENT, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar Kengashining joriy yilning 7- 8-oktabr kunlari videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yillik yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqdla “Dunyo” AA muxbiri.

Jahon banki bilan “Transport sohasida davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiy sherikchilik asosida rivojlantirish” yuzasidan hamkorlik

09.10.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Jahon banki vakillari bilan tashkil etilgan vebinarda, iqtisodiyotda davlat xususiy sherikchilikning mohiyati, xorijiy mamlakatlardagi mavjud davlat xususiy sherikchilik korxonalari, yurtimizdagi bu boradagi holat to‘g‘risidagi ma'lumotlar aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

08.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 8 oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov raisligida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy kurortini qurish loyihasini jadal amalga oshirish va foydalanishga topshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar

08.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 8-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sardor Umurzoqov va Aziz Abduhakimov hamraisligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Beldirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O'zbek-Turkman ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi

07.10.2020IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

2020-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston va Turkmaniston Savdo-sanoat palatalari tomonidan O‘zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining videokonferesiya shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tailandlik ekspertlar: BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi dolzarbdir

07.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

BANGKOK, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Tailanddagi Bosh konsulxonasi xodimlari, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, ESKATO Ijroiya kotibi Armida Salsia Alisjabana va Komissiya Kotibiyati transport bo‘limi boshlig‘i Veymin Ren o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.