O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSh, YI va XXR bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 6-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida dushanba kuni videokonferensiya shaklida AQSh, Yevropa Ittifoqi va XXR bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Kanada bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

06.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

VAShINGTON, 6-oktabr. / «Dunyo» AA /. O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi – Vashingtonda) Javlon Vahobov «Condor Petroleum Inc.» neft va gaz kompaniyasi (Kanada) direktori va kengashi raisi Dennis Balderston hamda kompaniya prezidenti Don Streum bilan onlayn-muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xo‘jaylida DSQ raisining maxsus shtabi tashkil etildi

06.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Hozirda umumiy yer maydoni 551,5 kv.km. bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 122 ming 675 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Ularning qariyb 70 foizi ishga yaroqli yoshda. U yerda bir qator sanoat, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

UNIDOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy muvofiqlashtirish bo'limi rahbari bilan uchrashuv

05.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 5-oktabr kuni videokonferensiya shaklida UNIDOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy muvofiqlashtirish bo'limi rahbari janob Yatsek Tsukrovski bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Pochta tizimini daromadli sohaga aylantirish choralari muhokama qilindi

05.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

05.10.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Agentlik Germaniyaning “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi. Bu haqda bo‘dib o‘tgan video konferensiyada so‘z bordi.

"Silverleaf" va "Indorama" kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi

05.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bir qator xorijiy investorlar bilan xususan, "Silverleaf International" kompaniyasi asoschisi D.Patterson va "Indorama" kompaniyasi bosh ijrochi direktori A.Loxiya bilan videokonferensiya orqali muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo munosabatlariga o‘tadi

04.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

ANQARA, 4-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Qudratov juma kuni Turkiya Respublikasi savdo vazirining o‘rinbosari G.Batur bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

2020-yil IV choragida mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

04.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning to‘rtinchi choragida eksport hajmining jadal o‘sishi uchun mavjud resurslardan foydalanish va qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish orqali eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

“Jeneva savdo haftaligi”ning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish masalalari bo‘yicha maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi

03.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 30-sentabr kuni videokonferensiya orqali BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va JST kotibiyati tomonidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish bo‘yicha tashkil etilgan “Jeneva savdo haftaligi”ning maxsus sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) amalga oshirish uchun turli mamlakatlarning JSTga a'zo bo‘lishi nuqtai nazaridan xalqaro savdodan foydalanish imkoniyatini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi eksport yoki import qilingan asosiy tovarlarga doir bojxona statistikasini olish imkoniyatini joriy qildi

03.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun 2020-yil 1-oktabrdan e'tiboran navbatdagi interaktiv ma'lumotni joriy qildi.

Qoraqalpogʻistonda tuman va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilandi

02.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi

01.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti vazifasini bajaruvchi Yurgen Rigterink bilan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muzokaralarni o‘tkazdi.

Dushanbeda Oʻzbekiston – Tojikiston qoʻshma korxonasi ochildi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Bosh vaziri Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Tojikiston: “Oʻzmetkombinat” 17 million dollarlik eksport shartnomalari imzoladi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.

Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston hukumat rahbarlari uchrashdi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

2020-yil 29-sentabr kuni Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbe shahriga keldi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.