O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-09-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hamkorlik qilish mexanizmlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning har ikki mamlakat iqtisodiyotlariga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan dolzarb choralar to‘g‘risida fikr almashdilar.
 
Mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi sohasida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish va o‘zaro savdo ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini bir-biriga yaqinlashtirish bo‘yicha samarali amaliy choralar ko‘rish uchun imkoniyatlar yaratadigan investisiya va savdo sohasida ishga solinmagan ulkan salohiyatning mavjudligi ta'kidlandi.
 
Ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilarining istiqbolli eksport bozorlariga kirishini osonlashtiradigan transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirishning keyingi qadamlari bo‘yicha kelishib olindi. Tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro yuk tashish hajmini oshirish maqsadida O‘zbekiston va Pokistonni bog‘lashi mumkin bo‘lgan transafg‘on temir yo‘llarini qurish loyihalarini amalga oshirish istiqbollarining amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
 
Shuningdek, ikki mamlakatning madaniy-gumanitar sohasida hamkorligini faollashtirish uchun imkoniyatlar muhokama qilindi, bu umumiy madaniy-tarixiy merosni har tomonlama o‘rganish hamda targ‘ib va tashviq etish orqali har ikki mamlakat xalqlarining bir-biriga yaqinlashishini ta'minlashga imkon beradi.
 
Mintaqaviy hamkorlikning kun tartibi va qo‘shma infratuzilmaviy, energetika va transport-logistika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Pokiston Islom Respublikasini “Afg‘oniston - O‘zbekiston - AQSh” uch tomonlama formatdagi muzokaralarga jalb qilishning istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston muloqotini davom ettirish va kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться