O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha navbatdagi vebinar
2020-09-09 | Iqtisodiyot
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2-bayonnomasi 5–bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning 8-sentabr kuni Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi vebinar tashkillashtirildi. Vebinar Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi” va INSEAD universiteti hamda Cornell tashkilotining “Global innovasiyalar indeksi” mavzulariga bag‘ishlandi.
Vebinarda mahalliy hokimiyat organlarining xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga biriktirilgan mas'ul xodimlari, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari vakillari ham ishtirok etishdi.
Trening davomida ishtirokchilarga Innovasion rivojlanish vazirligi, Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari vazirligi mutaxassislari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro indekslar bo‘yicha asosiy tushunchalar, indeks metodologiyalari bilan ishlash va ularning O‘zbekiston Respublikasini xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi ahamiyati, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni yechishga qaratilgan masalalar bilan tanishtirildi.
Mazkur trening taqdimotlari ilovada keltirilmoqda.
Taqdimot №1 (PDF 0.3MB)
Taqdimot №2 (PDF 0.2MB)
Taqdimot №3 (PDF 0.3MB)
Taqdimot №4 (PDF 0.8MB)
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi