O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish borasida kelgusidagi qadamlar belgilandi

2020-09-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investisiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik sohasidagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan mavjud bitimlarni amalga oshirishga o‘zaro sodiqligini bildirdilar. Joriy yilning noyabr' oyida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Pokiston Hukumatlararo komissiyasining shuningdek, O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini hamda ikkala mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumni o‘tkazish masalasi to‘g‘risida kelishib olindi.
 
Investisiyaviy hamkorlikning muhim salohiyatini hisobga olgan holda, tomonlar ikki tomonlama investisiya aloqalarini o‘rnatish va to‘qimachilik, charm mahsulotlari ishlab chiqarish, farmasevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, tog‘-kon sanoatida O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma korxonalarini bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha barqaror mexanizmlarni joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar va shu munosabat bilan yaqin kelajakda “G2B” formatida muzokaralarni tashkil etishga kelishib oldilar.
 
Muloqot chog‘ida har ikki mamlakat bozorlariga talabga ega mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish yo‘li bilan o‘zaro savdo hajmini oshirishga qiziqish bildirildi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama hamkorlikning mustahkam shartnomaviy-huquqiy asoslarini yaratish muhimligi ta'kidlandi va imtiyozli savdo to‘g‘risida Bitimni imzolash masalasi ustida ish olib borish shuningdek, mahsulotlarning muvofiqligini baholash natijalarini tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitimni ishlab chiqish va imzolashni jadallashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
 
Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida o‘zbek eksport tovarlarini Pokistonga olib borish va O‘zbekistonga Pokiston tovarlarini yetkazib berishni tashkil etishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston–Pokiston investisiya - logistika savdo uyini tashkil etish shuningdek, Termiz shahrida uning logistika markazi shaklidagi filialini qurish istiqbollarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, ushbu savdo uyi bo‘lajak investorlarga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda huquqiy maslahatlar berish hamda mahsulotlarini sotishlari uchun bozor va boshqa kanallarni topishda ikki mamlakat eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
 
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Pokiston Islom Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus ishchi guruh tashkil etilishini nazarda tutuvchi Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur guruh faoliyati doirasida tomonlar uch sohada - savdo va investisiyalar, transport va logistika hamda moliya sektorida hamkorlik masalalarini ishlab chiqadilar. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishida imzolash uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться