O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Latviyada O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik buyumlarini sotishga ixtisoslashgan markaz tashkil etilmoqda

2020-09-07 | Madaniyat

RIGA, 7-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi ko‘magida «Armas» kompaniyasi manziliga sopol, pichoq, cho‘yandan ishlangan qozon va o‘zbek milliy hunarmandchiligining boshqa buyumlaridan iborat og‘irligi 20 tonnadan ortiq yuk yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mahsulotlar Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi mashhur xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan tayyorlangan.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, «Armas» kompaniyasi Latviya bozorida 1994-yildan buyon ishlab kelmoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar uchun qurilish, bog‘lar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sotishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Kompaniya Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalarga o‘z mahsulotlarini sotadi. «Armas» o‘zining onlayn platformasi orqali mahsulotlarni sotishda katta tajribaga ega. Uning Riga shahrida omborlari, shuningdek, tashrif buyuruvchi va xaridorlarga mahsulot namunalarni namoyish qilish uchun maxsus ko‘rgazma zali mavjud.

«Armas» rahbari Artur Martinkevichs bilan O‘zbekistondan milliy hunarmandchilik mahsulotlarini muntazam ravishda olib kirish, ular hajmi va turlarini ko‘paytirish, shu jumladan kompaniyaning onlayn platformasidan faol foydalanish va kelajakda o‘zbek mahsulotlarini nafaqat Latviyada, balki boshqa Yevropa mamlakatlarida ham sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Latviya kompaniyasi rahbari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan dunyoda vaziyatning og‘irlashishiga qaramay, o‘zbek mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishini va O‘zbekistonning yangi savdo bozorlarini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini yuqori baholadi. Pandemiya sharoitida tashqi savdo va ichki eksportning izchil o‘sishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgarishlar ham qayd etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’atini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash orqali xalqimiz tarixiy an’analari va boy madaniy merosini to‘liq saqlab qolishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 2019-yil 28-noyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Ushbu muhim hujjatda mamlakatda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldiga hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari qo‘yildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться