O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston strategik hamkorlikni jadal kengaytirishni mo‘ljallamoqda

2020-09-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasining tashrifi doirasida Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Qamar Javad Bajva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 
Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yuqori darajasini ta'kidlab, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelgusida birgalikda ish olib borishga tayyorliklarini bildirdilar.
 
Investisiyaviy hamkorlikni faollashtirishning imkoniyatlari ko‘rib chiqildi va istiqbolli sohalardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarni shakllantirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.
 
O‘zbekiston va Pokistonni bog‘lovchi transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutib, transport-kommunikasiya sohasidagi amaliy hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e'tirof etildi. Bu sohada amalga oshiriladigan natijador hamkorlik yuk tashish hajmlarining yanada oshishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan asosiy omil bo‘lib qolishi ta'kidlandi.
 
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va aholi sog‘ligini muhofaza qilishni ta'minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada kengaytirish yuzasidan alohida kelishuvga erishildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida muloqotni kengaytirishga tayyorligini bildirib, kelgusidagi amaliy hamkorlik formati to‘g‘risida kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться