O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holati o‘rganildi

2020-09-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 2-6 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi va vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holati hamda investisiya va infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.

Tashrif davomida tadbirkorlar va investisiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, infratuzilma va ijtimoiy ob'ektlarning bugungi holati tahlili ham amalga oshirildi va uning natijasida mas'ul rahbarlarga har bir ob'ektdan kelgusida foydalanish bo‘yicha o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga erishish va aholini ijtimoiy xizmatlar bilan keng qamrab olishni nazarda tutuvchi kompleks strategiyalarni ishlab chiqish topshirildi.
 
Hududda investisiya va sanoat sohasida faollikni oshirish borasida kelgusidagi qadamlar muhokama qilindi - mas'ul rahbarlarga mavjud xom ashyo salohiyati va sanoat quvvatlariga asoslangan qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirish uchun optimal sharoit yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi. Shu nuqtai nazardan loyiha takliflarini ishlab chiqishda jalb qilingan investisiyalardan sezilarli iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradigan “iqtisodiy o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va ulardan foydalanishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
 
Investisiya jozibadorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish topshirildi.
Shu bilan birga, aholi bandligini ta'minlash va mahalliy aholini jumladan, kasanachilik asosida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish orqali barqaror daromad manbai bilan ta'minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.
 
Tashrif yakunlari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga tadbirkorlik faoliyatini yuksaltirish, tarmoqlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться