O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ma'lumotlar bazasidagi kamchiliklar bartaraf etiladi

2020-09-10 | Iqtisodiyot

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kadastr va soliq organlari ma'lumotlar bazasidagi xatoliklar to‘g‘risida aholidan shikoyatlar tez-tez uchramoqda. 

Foydalanuvchilar mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda boshqalarning uylari va kvartiralari ham ularning hisobiga yozilganligini, bular uchun to‘lashga to‘g‘ri kelayotganini aytmoqda.
 
Shuningdek, izohlarda “muammo telefon orqali hal qilinayapti: soliq idorasiga boshqa birovning mol-mulkini olib tashlash to‘g‘risida iltimos bilan qo‘ng‘iroq qilingandan so‘ng, tizim soliq to‘lovchiga “ortiqcha” uylarni berishni to‘xtatadi” deb yozilgan.
 
Shu munosabat bilan, Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
 
Soliq kodeksining 420 va 435-moddalariga asosan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob'ektlarining kadastr qiymati va yer uchastkalarining maydoni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarining bazasi hisoblanadi.
 
Jismoniy shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulk ob'ektlari va yer uchastkalari to‘g‘risidagi barcha o‘lchamlari hamda ob'ekt egasining ma'lumotlari Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining “Ko‘chmas mulk-3” dasturiy mahsuloti orqali kiritilib, soliq solish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining ma'lumotlar bazasiga onlayn ravishda taqdim etiladi.
 
Hozirgi kunda respublika bo‘yicha jismoniy shaxslar egaligida 7,3 mln. ta ko‘chmas mulk bor. Haqiqatan ham kadastr ma'lumotlar bazasidan soliq organlari tomonidan olingan mol-mulk to‘g‘risidagi ma'lumotlar haqiqatga mos kelmaydigan holatlar mavjud. Vaziyat hududiy soliq organlari tomonidan hal etiladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 7-sentabrda “Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-sonli qarori qabul qilingan.
 
Kadastr organlari ma'lumotlar bazasida bunday kamchiliklarning mavjudligi ularni Davlat soliq qo‘mitasi bo‘ysunuviga o‘tkazilishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
 
Qabul qilingan me'yoriy hujjatlar asosida DSQ soliq to‘lovchilarning ma'lumotlar bazalarini muvofiqlashtirish hamda bu kabi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha DSQ huzurida tashkil etilgan Kadastr agentligi va uning hududiy bo‘linmalari yordamida tizimli ishlarni amalga oshiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться