O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-09-10 | MDH

Joriy yilning 9-sentabr kuni videokonferensiya shaklida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy forumining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va savdo idoralari rahbarlari qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ishtirok etdi.
 
 
Yig‘ilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investisiya va sanoat sohasida hamkorlik bilan bog‘liq masalalarning keng ko‘lami kiritildi. Ishtirokchilar ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda Hamdo‘stlikning alohida rolini bir necha bor ta'kidladilar. Ular Forumni koronavirus pandemiyasi fonida jahon iqtisodiyoti o‘zgarayotgan bir paytda MDH faoliyatining iqtisodiy ustuvorliklarini ishlab chiqish va barqaror rivojlanish masalalarini hal etish hamda mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolarga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha nihoyatda muhim va samarali platforma deb hisoblashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Tadbir doirasida pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish va Hamdo‘stlik mamlakatlarida iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
 
Shu nuqtai nazardan investisiyaviy hamkorlikni va o‘zaro savdoni rivojlantirish, shuningdek, transport-kommunikasiya aloqalarini tiklashga qaratilgan inqirozga qarshi qo‘shma dasturlarni ishlab chiqishda mamlakatlararo hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Pandemiya davrida biznes olamining salmoqli kismini, eng muhim davlat va ta'lim xizmatlarini onlayn rejimga o‘tkazish tajribasi axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishning ulkan salohiyatini hamda iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiy etish jarayonlarini jadal ravishda raqamlashtirish zaruriyatini ko‘rsatganligi ta'kidlandi.
 
Shu munosabat bilan Hamdo‘stlik mamlakatlarining MDH makonida raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasida hamkorlik qilishning qo‘shma dasturini ishlab chiqish va qabul qilish taklif etildi. Bu savdo, moliya va investisiyalar, transport, bojxona-tarif tartibga solish, migratsiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni tubdan takomillashtirish imkonini beradi.
 
Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va farmasevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashning dolzarbligiga alohida e'tibor qaratildi.
 
Shuningdek, transport - kommunikasiya sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va mazkur yo‘nalishda mintaqaviy ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi stiqbollari muhokama qilindi, bu esa MDH makonining tranzit salohiyatidan yanada samarali foydalanish imkonini berib MDHga a'zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
 
Shu bilan birga, ishtirokchilar MDHga a'zo mamlakatlarning hududlari o‘rtasidagi infratuzilmani rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta'kidladilar va shu munosabat bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni moliyalashtirish uchun MDH Infratuzilmaviy rivojlanish jamg‘armasini tashkil etish tashabbusini ko‘rib chiqdilar.
 
Shuningdek, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiya va sanoat aloqalarini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston tashabbusi bilan muntazam ravishda “Tadbirkorlik tashabbuslari haftaliklari” tashkil etiladi va bu Hamdo‘stlikka a'zo davlatlarga iqtisodiy hamkorlik masalalari yechimlariga ko‘p tomonlama formatda yondashish imkonini beradi.
 
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar MDHda uzoq muddatga mo‘ljallangan ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni izchil rivojlantirishni ta'minlash maqsadida muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasida amaliy hamkorlikka o‘tishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться