O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya

Sinovli yilning qahramonlariga mukofotlar topshirildi

28.12.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi

25.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 87-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashuviga ko'maklashish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi

25.12.2020JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

24-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo'mitasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda Senat a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil etildi

24.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, tuman-shahar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida odam savdosiga qarshi kurashish va chet elda uzoq vaqt bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va bu borada soha xodimlarining mas'uliyatini yanada oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

"Mahalla raisi - islohotchi" tamoyilini joriy etish

24.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-dekabr sanasida Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 23-25 dekabr kunlari viloyatning 4 ta hududida 519 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun seminar-treninglar tashkil qilinmoqda.

Bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy yordam berish bo‘yicha hamkorlik davom etadi

23.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va YuNISEF hamkorlikda “Qurolli mojaro hududlaridan qaytgan bolalarni, mehnat muhojirlarining farzandlarini hamda yopiq turdagi ixtisoslashgan o‘quv-tarbiya muassasalarini tark etayotgan bolalarni COVID-19dan keyin qo‘llab-quvvatlash va ularni oilalari va hamjamiyatlariga qayta kiritish” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi va YuNIDO Qo'shma Deklaratsiyani imzoladilar

22.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Toshkent, 2020-yil 22-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) Bosh Direktori Li Yong to’rt yillik (2020-2024 yy.) dastlabki muddatga hamkorlik Qo'shma Deklaratsiyasini imzoladilar.

“Ta'lim muassasasi – oila – mahalla” hamkorlik tizimi doirasida

22.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Nukus shahridagi 37-umumta'lim maktabida “ta'lim muassasasi – oila – mahalla” hamkorligi doirasida o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ularni kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan xorijiy va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida press-tur o‘tkazildi

22.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Press-tur davomida ishtirokchilar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi tomonidan imzonlangan memorandumga muvofiq “Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi”loyihasi doirasida Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, Sardoba tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Mirzaobod tumanidagi “Dehqonobod” mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markazi binosida tashkil etilgan “Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar uchun maslahat darslari

21.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mirzo Ulug‘bek tumanida mavjud 54 ta fuqarolar yig‘inlarida “Ayollar daftari”ni yuritish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan ayollar bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

“Ayollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

17.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 8-oktabr kuni “Jamiyatda ayollarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi tizim joriy etish, ya'ni “Ayollar daftari”ni shakllantirib, unga ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarni kiritish orqali muammolarini hal etish topshirig‘i berilgan edi.

Mahallalarning “o‘sish nuqtasi” aniqlanib, sohadagi muammolarni hal etish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

16.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Mahalla jamiyatimizning eng muhim bo‘g‘ini sifatida har birimizning hayotimizda alohida o‘rin tutadi.

Surxondaryoda ishsiz fuqarolar bandligi ta'minlandi

14.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Bandlik va Ichki ishlar boshqarmalari hamda boshqa bir qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Sirdaryoda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

14.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yil 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizda xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizimini joriy etish, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, bu orqali xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta'minlash vazifa etib belgilangan edi.

Ayollar muammolarini aniqlash borasida Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi

13.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Marufova Xorazm viloyati Urganch shahridagi ”Kamolot”, Urganch tumanidagi “Turkmanlar”, Xiva shahridagi “Sangar”, Xiva tumanidagi “Polasultan“ hamda Xonqa tumanidagi “Barkamollik” mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda

13.12.2020SiyosatManba: O'zA

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishga manzilli yondashuv

12.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 10-dekabr kuni videokonferensiya shaklida Urganch shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Xorazm viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning monitoringini olib borishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi

11.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Vazir Rahmat Mamatov Ohangaron shahridagi xayriya kechasida ishtirok etdi

04.12.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Saxovat uyi”da “Mehrimiz sizga, aziz insonlar!” mavzusida xayriya kechasi o‘tkazildi.

Raqamli iqtisodiyot bo’yicha xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya

04.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2020-yilning 24-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyot: O'zbekistonda rivojlantirish istiqbollari va jahon amaliyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o’tkaziladi.