O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya

O‘zbekiston diplomatlari Moskva viloyatidagi vatandoshlarning mehnat qilish va yashash sharoitlari bilan tanishdi

14.02.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan Moskva viloyatida joylashgan «Deloviye linii» («Ishbilarmonlar yo‘nalishi») transport-logistika kompaniyasi ofisida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi

14.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

AT “Xalq banki”da xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Avlod” mahallasidagi aholi tomorqalari ko‘zdan kechirildi

14.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligidagi Ishchi guruh guruh ahzolari Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi eng olis hududlardan biri — “Avlod” mahallasiga tashrif buyurdi hamda bu yerdagi mavjud muammolarni atroflicha o‘rgandi.

Xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda

12.02.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Oqqo‘rg‘on tuman IIB hamda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorlikda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida "Ayollar daftari"ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati Chust tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

10.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Birinchi manzil Chust tumani “Mustaqillik” MFYda joylashgan Chust pedagogika kolleji binosida tashkil etilgan o‘quv markazi bo‘lib, u yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Chortoq tumani Baland adir hududida tashkil etilgan "Golden nuts Namangan" kooperativini ko‘zdan kechirdi

08.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Namangan viloyati Chortoq tumani Baland adir hududida tashkil etilgan "Golden nuts Namangan" ishlab chiqarish kooperativi, issiqxona kompleksida yaratilgan 1000 ta yangi ish o‘rinlarini ko‘zdan kechirdi.

“Qizilravot” mahallasida yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etilmoqda

08.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Turg‘un Qirg‘izboev Romitan tumani markazidan salkam 240 kilometr uzoqda joylashgan “Qizilravot” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari hamda Ishchi guruh a'zolari ishtirokida aholi muammolarini o‘rgandi.

Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi хodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha ham uzluksiz faoliyatini davom ettirgan holda to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Navoiyda aholi muammolarini tinglamoqda

06.02.2021JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Navoiy viloyatida bo‘lib, aholi muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Prezident tashrif buyurgan “Shodiyona” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

06.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Ma'lumki, joriy yilning 4-5 fevral kunlari Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan suhbat o‘tkazgan edi.

Shavkat Mirziyoyev: Haqiqiy ahvolni bilish, odamlarning og‘irini yengil qilish uchun mahallangizga o‘zim keldim

05.02.2021SiyosatManba: O'zA

Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Prezident kutilmaganda Farg‘ona shahridagi Shodiyona mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi.

Vazir Rahmat Mamatov Surxondaryo viloyatida aholi muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

02.02.2021JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov raisligida Surxondaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida viloyatning sharoiti og‘ir, ko‘p millatli, olis va chegara hududlaridagi 99 ta qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholining turmush tarzini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini tizimli bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Rahmat Mamatovning “Tong yulduzi” mahallasiga tashrifi

30.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Surxondaryo viloyati hamda Muzrabot tumani hokimligi rahbariyati vakillari tumandagi “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Surxondaryoda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

29.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Boysun tumani hokimligida tuman hokimi A. Jo‘rayev rahbarligida “Ayollar daftari”ning yuritilishi, unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

28.01.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida “Agrar soha ayollari uyushmasi” tomonidan gender masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

«Mahallabay» ishlash bo‘yicha yangi tizimni tashkil etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi

26.01.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni joriy yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Chegara hududidagi mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qator takliflar o‘rtaga tashlandi

26.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Buxoro viloyati Olot tumani “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

“Ayollar daftari"ni yuritishga doir o‘quv seminari o‘tkazildi

25.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Sirdaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan “Ayollar daftari"ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Buxoro viloyatini mahallabay tizimda rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

22.01.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Prezident: Masala avvalo mahallada hal bo‘lsagina odamlar rozi bo‘ladi

21.01.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Olot tumani markazida Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkor tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashdi. O‘tgan yili sodir bo‘lgan tabiiy ofat yodga olindi.