O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda ishsiz fuqarolar bandligi ta'minlandi

2020-12-14 | Jamiyat

Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Bandlik va Ichki ishlar boshqarmalari hamda boshqa bir qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Termiz shahridagi San'at saroyida karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etilgan mazkur yarmarkada 94 ta korxona, tashkilot, muassasa hamda tadbirkorlik sub'ekti o‘zlarining 627 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbirga doimiy ish bilan band bo‘lmagan 172 nafardan ortiq fuqaro jalb etildi.
 
Yarmarkada mamlakatimizda aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
 
Shuningdek, ishtirokchilar korxona, tashkilot va muassasalar mutaxassislari tomonidan ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya va oylik maoshlari haqidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishtirildi.
 
Yarmarkada 8 nafar fuqaro ishga joylashib, yana 12 nafar fuqaroga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va qayta tayyorlash uchun yo‘llanma berildi. 50 nafar fuqaroga esa tadbirkorlik yo‘nalishlari va bandlik masalalarida ijtimoiy huquqiy maslahatlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться