O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan xorijiy va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida press-tur o‘tkazildi

2020-12-22 | Jamiyat

Press-tur davomida ishtirokchilar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi tomonidan imzonlangan memorandumga muvofiq “Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi”loyihasi doirasida Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, Sardoba tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Mirzaobod tumanidagi “Dehqonobod” mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markazi binosida tashkil etilgan “Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur o‘quv markazlarning ochilish marosimida Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Pak Sunjin ishtirok etib, markazlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda u yerda o‘z bilimi va malakasini oshirgan yurtdoshlarimiz hayotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
 
Jumladan, vazir R.Mamatov o‘z so‘zida bugun mamlakatimizda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va ayollar bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani, KOICA bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan ushbu markazlar esa ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilishini ta'kidladi.
 
Shuningdek, tadbirda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Pak Sunjin so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa, yurtimizda ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va ular bandligini ta'minlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan turli loyihalar yuksak samaralar berayotgani, jumladan, Oqoltin,Sardoba va Mirzaobod tumanlari tashkil etilgan “Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari” aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilganini aytib o‘tdi.
 
Shundan so‘ng, vazir R.Mamatov va Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Pak Sunjin “daryo.uz”, “human.uz”, “kun.uz, “uza.uz”kabi internet saytlari, “Yangi O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi” gazetalari, “O‘zbekiston-24”, “Mahalla”, “Oilaviy”, “Mening yurtim”, “Zo‘r-TV” telekanallari hamda “Fars news” (Eron), “TRT”teleradiokompaniyasi (Turkiya), “Sputnik” (Rossiya) kabi bir qator mahalliy va chet ellik OAV xodimlarining barcha savollariga atroflicha javob berdilar.
 
Qolaversa, jurnalist hamda blogerlar markazlarda hunar o‘rganayotgan, komp'yuter savodxonligigi bo‘yicha o‘z bilimini oshirayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, press-tur haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
 
Jumladan, “Fars news” (Eron) agentligi xodimi Sherali Avezmetov bugun O‘zbekistonda aholi turmush farovonligini oshirish, ularning yaxshi yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami keng ekanini aytib, bu ezgu va xayrli ishlarni xalqaro miqyosda ham targ‘ib etish kerakligini ta'kidladi.
 
Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligi doirasida faoliyat boshlagan mazkur 3 ta o‘quv markazi yordamida hududdagi 200 nafarga yaqin ayollar va yoshlarni bir vaqtning o‘zida pazandachilik, komp'yuter savodxonligi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish ko‘zda tutilgan.
 
Press-tur davomida hududlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga bir necha turdagi zarur ijtimoiy ahamiyatga ega vositalar tarqatildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться