O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ta'lim muassasasi – oila – mahalla” hamkorlik tizimi doirasida

2020-12-22 | Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Nukus shahridagi 37-umumta'lim maktabida “ta'lim muassasasi – oila – mahalla” hamkorligi doirasida o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ularni kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘ining keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari, Nukus shahar “Xalqlar do‘stligi” hamda «G‘arezsizlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Musulmonlar idorasi va shahar ichki ishlar bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘smirlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning oldini olish, pirotexnika vositalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shundan so‘ng tarbiyaviy ahamiyatga ega “Oxirgi bekat” nomli videorolik namoyish etildi.
 
Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maryam Abdukarimova “Yoshlarning dunyoqarashi va ma'naviyatini yuksaltirishda mahallaning o‘rni” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
 
Tadbir yakunida o‘quvchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться