O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Rahmat Mamatov Ohangaron shahridagi xayriya kechasida ishtirok etdi

2020-12-04 | Jamiyat

“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Saxovat uyi”da “Mehrimiz sizga, aziz insonlar!” mavzusida xayriya kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Ohangaron shahar hokimligi mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.
 
Vazir R.Mamatov xayriya kechasi avvalida so‘z olib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamvakillarini munosib qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tar ekan, jumladan, shunday dedi:
 
— Ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mehr va muruvvat oyligi”davomida mamlakatimizdagi barcha keksalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olishni rejalashtirganmiz. Vazirligimizning eng katta vazifalaridan biri ham mehr va e'tiborga muhtoj fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Jamiyatimizning teng huquqli a'zolari hisoblanadigan keksa va nogironligi bor yurtdoshlarimizni e'zozlash esa har birimizning yuksak insoniy burchimizdir.
 
Tadbirda ta'kidlanganidek mazkur oylik davomida vazirlik, hududiy bo‘linma va fuqarolar yig‘inlarining mas'ul xodimlariyurtimizdagi nogironligi bo‘lgan barcha shaxslarni imkon qadar to‘liq qamrab olgan holda, ularning holidan xabar olishadi hamda ularga zarur oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, reabilitasiya va gigienik vositalarni manzilli yetkazib berishadi.
 
Xayriya kechasida Ohangaron shahar Madaniyat uyi va Toshkent viloyati Maqomchilar ansambli san'atkorlari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni xushnud etishdi.
 
Tadbir so‘nggida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan turli esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться