O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryoda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

2020-12-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yil 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizda xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizimini joriy etish, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, bu orqali xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta'minlash vazifa etib belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tegishli hamkor tashkilotlar vakillari tarkibida tuzilgan Respublika Ishchi guruhi tomonidan Guliston shahri, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlarida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha o‘tkazilayotgan xatlov jarayonlari o‘rganildi.
 
O‘rganish davomida xatlov o‘tkazishda duch kelinayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida bartaraf etish, ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qiz bilan tizimli va manzilli ishlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholanib, xatlov jarayonlarida adolat prinsiplariga rioya etish aytib o‘tildi.
 
Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться