Mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi
Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov hamda vazirning birinchi o‘rinbosari G.Ma'rufova ishtirok etdi.
Terening davomida vazirlik rahbariyati tomonidan ishtirokchilarga mahallalarda ijtimoiy xizmatni muvofiqlashtirish, “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xodimlarning funksional vazifalari, mahalla va oilalarda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, kasbiy faoliyatni samarali olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilar – Ra'no Ismoilova va Mohira Xoliqova mahalla va oila tizimida psixologik hamda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning dolzarb masalalari, jumladan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning huquqiy, psixologik, tibbiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jihatlari, yosh oilalarning psixologik va ijtimoiy muammolari, oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va turlari kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha zarur ma'lumotlar berdi.
Qolaversa, mahallalarda oila psixologi, mediator xizmatini yo‘lga qo‘yish, tuman (shahar)larda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil qilish hamda tizimda faoliyat olib boradigan kadrlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini tiklash borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
Tadbir yakunida mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi