O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishga manzilli yondashuv

2020-12-12 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-dekabr kuni videokonferensiya shaklida Urganch shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Xorazm viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning monitoringini olib borishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar rahbarlari, to‘rtta sektor rahbarlari, shuningdek, Xorazm viloyati tuman va shaharlaridagi barcha 519 mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, qurilish, axborot-kommunikasiya tarmog‘i, turizm, infratuzilmaviy rivojlanish va qambag‘allikni qisqartirish sohalarida aniq muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida 12ta ishchi guruh rahbarlarining hisobotlari ko‘rib chiqildi.
 
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish kabi istiqbolli tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan aniq investitsiyaviy loyihalarni, shuningdek, muhandislik kommunikasiyalarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash, suv, gaz, issiqlik va elektr ta'minoti tizimlarini modernizasiya qilish hamda ijtimoiy ob'ektlarni qurish va ta'mirlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan va har bir alohida mahalla uchun shakllanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining tayyorlanishi ko‘rib chiqildi. Ushbu dasturlar har bir mahallaning iqtisodiy salohiyatini, aholi bandligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlarini, infratuzilmaning bugungi holati va ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarurligi ta'kidlandi.
 
Joylardagi vaziyatni atroflicha o‘rganish, aholi va tadbirkorlarning real muammolari bilan tanishish, kamchiliklarni bartaraf etish va qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarga erishishga qaratilgan samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va mahalliy hokimliklar rahbarlari mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari bilan yaqindan ishlashi lozimligi ta'kidlandi.
 
Ushbu maqsadlarda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari vakillari viloyat tuman va shaharlarining barcha 519 mahallalariga biriktirildi. Ularning vazifalari tadbirkorlar va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat.
 
Xorazm viloyatining hududiy investitsiya dasturini inventarizasiya qilish va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. Hozirga qadar umumiy qiymati 13,3 trln so‘mlik 745ta investisiyaviy loyihalar, shu jumladan 158ta yirik va o‘rta miqyosdagi loyihalarining 2021 yilda amalga oshirilishi rejalashtirildi. Qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash, yangi “o‘sish nuqtalari”ni belgilash va istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish orqali investitsiya dasturini maromiga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Ta'kidlandiki, investitsiya faoliyatini kuchaytirish va mahalliy aholini kooperatsiya va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi muvaffaqiyatli ishlarning olib borilishi aholining zaif qatlamlarini ish bilan ta'minlash masalasini hal etishga yordam beradi.
 
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhlar va biriktirilgan vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlariga Xorazm viloyatining har bir mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud muammolarni o‘rganishda davom etish va ularni hal etishning samarali algoritmlarni ishlab chiqish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi. Olib borilgan ishlar natijalari asosida Xorazm viloyatini 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturning shakllanishi yakunlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться