O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Mahalla raisi - islohotchi" tamoyilini joriy etish

2020-12-24 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-dekabr sanasida Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 23-25 dekabr kunlari viloyatning 4 ta hududida 519 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun seminar-treninglar tashkil qilinmoqda.

Katta maqsadlarni o‘zida jamlagan ushbu seminarga Xorazm viloyatining 4 ta hududida, ya’ni Urganch, Xiva shaharlari hamda Bog‘ot, Shovot tumanlarida bir vaqtning o‘zida start berildi.
 
Xiva shahrida tashkil qilingan seminar-treningda jami 144 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishdi.
 
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha “Mahalla raisi-islohotchi!” tamoyiliga asoslangan tizimning mazmuni va mohiyati hamda mahallalardagi o‘sish nuqtalarini aniqlash va amalga oshirish mexanizmlari muhokamalar markazida bo‘ldi.
 
Mazkur seminar-treningni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi.
 
Ushbu seminar – treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, professor Mansur Bekmurodov bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan mahalla tizimi soxasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh omili aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning muammolarini joyida hal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufovaning “Mahallalarda ayollar daftarini yuritish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yo‘llari” mavzusidagi ma’ruzasi Xiva shahar, Yangiariq, Xiva va Qo‘shko‘pir tumanlari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan keng muhokama qilindi.
 
Ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularga tibbiy-psixologik va huquqiy maslahatlar berish yuzasidan bir qator o‘zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javob olishdi.
 
Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatida aholi bilan samarali muloqot qilish texnologiyalarini qo‘llash, muammoli vaziyatlarda stressni oldini olish usullari yuzasidan bir qator taklif hamda uslubiy tavsiyalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться