O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy yordam berish bo‘yicha hamkorlik davom etadi

2020-12-23 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va YuNISEF hamkorlikda “Qurolli mojaro hududlaridan qaytgan bolalarni, mehnat muhojirlarining farzandlarini hamda yopiq turdagi ixtisoslashgan o‘quv-tarbiya muassasalarini tark etayotgan bolalarni COVID-19dan keyin qo‘llab-quvvatlash va ularni oilalari va hamjamiyatlariga qayta kiritish” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMTning COVID-19ga nisbatan javob va qayta tiklash choralari bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtirilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish atroflicha muhokama qilindi.
 
Ta'kidlash lozimki, mazkur loyiha ixtisoslashtirilgan ta'lim-tarbiya muassasalarini tark etayotgan, shuningdek, qurolli mojaro hududlaridan O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan yuzlab bolalar va yoshlarni COVID-19 oqibatlarini yengishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
 
— Zarur ijtimoiy himoya choralari muvaffaqiyatli qayta integratsiyalashning muhim qismidir, — deydi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari Joffri Ijumba. — Ular bolalar uchun muhim muhofazani ta'minlaydi va yopiq muassasalarni tark etgan bolalar farovonligi, rivojlanishi hamda himoyasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytiradi.
 
— YuNISEF bilan hamkorlikda ixtisoslashgan o‘quv-tarbiya muassasalarini tark etgan, shuningdek, qurolli mojaro hududlaridan vataniga qaytarilgan bolalar reintegratsiyasi borasida yaxshi natijalarga erishdik, — deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova. — Hamkorligimiz har bir bola uchun reintegratsiya rejalarini tuzish, bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy yordam berishda bizga ko‘maklashmoqda. O‘ylaymanki, bundan keyin ham har bir ayolga, har bir bolaga tinch va farovon mamlakatda baxtli yashashiga yordam berish bo‘yicha hamkorligimiz muvaffaiyatli davom etadi.
 
Shuningdek, davra suhbati davomida milliy va xalqaro ekspertlar keys menejment standartlarini qabul qilish va ulardan foydalanishda idoralararo yordamni ta'minlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться