O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayollar muammolarini aniqlash borasida Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi

2020-12-13 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Marufova Xorazm viloyati Urganch shahridagi ”Kamolot”, Urganch tumanidagi “Turkmanlar”, Xiva shahridagi “Sangar”, Xiva tumanidagi “Polasultan“ hamda Xonqa tumanidagi “Barkamollik” mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari” ish faoliyatini ko‘zdan kechirib, Ishchi guruh a'zolari bilan suhbat o‘tkazdi.
 
Vazirning birinchi o‘rinbosari G.Marufova bugunning o‘zida “Ayollar daftari”ni shaklantirish bo‘yicha Xorazm viloyatida tashkil etilgan Respublika Ishchi guruhi a'zolari hamda viloyatdagi mas'ultashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyatdagi ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi.
 
Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. Rafiqov ishtirok etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться