O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya

Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

11.11.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi faoliyatining natijalari sarhisob qilindi

09.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

2020-yil 6-noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Xalqaro valyuta jamg'armasining statistika boshqarmasi real sektor bo'limi katta iqtisodchisi Brayan Graf boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg'armasining ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslari statistikasi bo'yicha masofaviy texnik yordam missiyasi bilan yakuniy yig'ilishi onlayn tarzda bo'lib o'tdi.

Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish choralari belgilandi

06.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Buxoro viloyatidagi mahallalar faoliyati o‘rganildi

06.11.2020Jamiyat

Ichki ishlar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a'zolari mahallalarda ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlarni monitoring qilish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan moliyaviy-iqtisodiy masalalar va kambag’allikni qisqartirish bo'yicha uchrashuv

05.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2020-yil 5-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri - Jamshid Qo'chqorov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Vazir Rahmat Mamatov ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirida o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi

04.11.2020Jamiyat

Ma'lumki, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini har bir mahalla aholisiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari boshlandi.

Vazir o‘rinbosari Botir Parpiyev Namangandagi mahalla tizimi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

04.11.2020Jamiyat

Namangan viloyati hokimligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev rahbarligida mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir o‘rinbosari Azizbek Ikramov qoraqapog‘istonlik aholi muammolarini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi

02.11.2020Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov rahbarlarligidagi Ishchi guruh mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolari hamda ularning kelib chiqish sabablari va omillari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish va kelgusi vazifalarni muhokama etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Navoiyda oʻtgan sayyor qabulda fuqarolar muammolari oʻz yechimini topdi

02.11.2020JamiyatManba: O'zA
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi.

Kambagʻallikni qisqartirish eng muhim vazifa

02.11.2020JamiyatManba: O'zA

“Yuksalish” umummilliy harakati Fargʻona viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan Fargʻona tumanida davlatimiz rahbarining joriy yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.

Paxta – 2020: monitoringlar davom etmoqda

01.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2020-yil paxta yig‘im-terimi mavsumi o‘z nihoyasiga yetayotgan bo‘lsada, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha monitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarligida vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil etildi

01.11.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarligida vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil etildi, ishchi guruhning asosiy vazifasi hududdagi ishsiz fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi mavjud vakansiyalarga, zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga, investisiya va tijorat banklari loyixalari hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga hamda mutaxassisilik talab etilmaydigan ishlarga ishsiz fuqarolarni jalb etib ularning bandligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi

01.11.2020Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” yetkazish, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholining barcha qatlamlarini to‘la qamrab olish, mahallalarda arzonlashtirilgan narxlarda kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Andijonda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ning elektron bazasi shakllantirilmoqda

30.10.2020YoshlarManba: O'zA

Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Andijonda ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Bosh vaziri Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish ishlari bilan tanishdi

29.10.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, ularni soz holatda saqlash hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nobel mukofoti laureatlari tadqiqot natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash: Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida eksperiment o‘tkazilmoqda

28.10.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy rivojlanish fani iqtisodiyot nazariyasidan o‘tgan asrning ikkinchi yarimida ajralib chiqdi.

Kambagʻallikni qisqartirishga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazildi

28.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Poytaxtimizda pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar va Oʻzbekiston aholisining kambagʻallik darajasini qisqartirish masalalariga bagʻishlangan iqtisodchilar forumi boʻlib oʻtdi.

Mahalla tizimi xodimlari ish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

25.10.2020Jamiyat

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ni shakllantirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Farhod Ermanov: Xorazmda narx-navo barqarorligi saqlanadi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA
Viloyat hokimligida xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida 2020-yil yakuni va 2021-yil may oyigacha oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Surxondaryoga oʻsimlik yogʻi va shakar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijdan olib kelinadi, narxi 25 foizgacha arzonlashadi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Bu haqda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida maʼlum qilindi.