O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda

2020-12-13 | Siyosat

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun mehnatkash xalqimizni bugungi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

- Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad - sizlarning ko‘zlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday ko‘mak kerak, nima natija bo‘ladi, degan savollarni qo‘yib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to‘g‘ri, adolatli bo‘ladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari «mahalla raisi - islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

- Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablag‘ so‘rasa, berdim. Pulimiz ko‘pligi uchun emas, masala qo‘ya olgani uchun. Odamlar ham befarq bo‘lmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlanganlarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish davom etmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться