O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil etildi

2020-12-24 | Jamiyat

Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, tuman-shahar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida odam savdosiga qarshi kurashish va chet elda uzoq vaqt bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va bu borada soha xodimlarining mas'uliyatini yanada oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bosh mutaxassisi B.Saidqosimov ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu jinoyatning oldini olish, unga qarshi kurashish barchaning vazifasi ekani alohida qayd etilib, bu yo‘nalishda aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
 
Qolaversa, odam savdosiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Namangan shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazi va Xalq ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish maqsadida “Obihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘quv markazi tashkil etildi. Ushbu maskanning “IT-school” bo‘limida komp'yuter savodxonligi hamda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha darslar yo‘lga qo‘yildi.
 
Shuningdek, Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, tuman-shahar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham aholi o‘rtasida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться