O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

TIUda “Inha” global taʼlim markazi ochildi

15.02.2019Ta’lim

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Inha” global taʼlim markazining ochilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Ingliz tili oʻqituvchilarining bilim darajasi EF Language Learning xalqaro kompaniyasi koʻmagida baholanadi

14.02.2019Ta’lim

Joriy yilning 13-fevralida poytaxtimizda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Shvetsiya biznes-forumida Xalq taʼlimi vazirligi va EF Language Learning Solutions kompaniyasi oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

“Pulmonologiya” magistrlari davlat grantlari asosida oʻqitiladi

14.02.2019Ta’lim

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida “Pulmonologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturada kadrlarni tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida futzal boʻyicha musobaqa tashkil etildi

13.02.2019Sport

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida koʻplab musobaqalar, festivallar va tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari tarbiyachilarining oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi

13.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 11 fevral kuni “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Toshkent shahrida xitoylik oʻqituvchilarni qutlash marosimi boʻlib oʻtdi

11.02.2019Ta’lim

11 fevral kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli davlat ixtisoslashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekistonda koʻp yillar davomida taʼlim sohasida ishlab kelayotgan xitoylik oʻqituvchilar Dong Laoshi xonim va Vera Kaysuga minnatdorlik bildirish maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Eng yaxshi maktablar reytingini aniqlashda qatnashadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

11.02.2019Ta’lim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston – Germaniya: madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollari

11.02.2019Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida 8 fevral kuni “Oʻzbekiston – Germaniya madaniy-gumanitar hamkorligining dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

XTV va Osiyo taraqqiyot banki istiqbolli hamkorlik boʻyicha muzokaralar boshladi

08.02.2019Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirish uchun hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha muhokamalar boshladilar.

Abituriyentlarning OTMlarga elektron hujjat topshirishlari uchun moʻljallangan “UNIVERSITIES.UZ” dasturi yaratildi

07.02.2019Fan

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abituriyentlarning OTMlarga elektron hujjat topshirishlari uchun moʻljallangan “UNIVERSITIES.UZ” dasturi yaratildi.

Barcha maktablarda sport haftaligi oʻtkaziladi

07.02.2019Sport

Mamlakatimizda yoshlarning kuchli, irodali hamda jismonan sogʻlom boʻlib yetishishi uchun katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan joriy yilning I-IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasining tasdiqlanishi ham ana shu eʼtiborning yaqqol namunalaridan biridir.

Toshkent arxitektura-qurilish institutida talabalar kovorking-markazi tashkil etildi

07.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining moliyaviy koʻmagida Toshkent arxitektura-qurilish institutida talabalar kovorking markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Konkuk universiteti prezidenti Min Sang Samarqandga keldi

07.02.2019Ta’lim

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Janubiy Koreyaning Konkuk universiteti prezidenti Min Sangi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiya Federatsiyasida xalqaro baholash tizimlari boʻyicha trening mashgʻulotlari oʻtaydi

05.02.2019Ta’lim

Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018 yil 8 dekabrdagi 997-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “Yoʻl xaritasi“ning 2-bandi ijrosi yuzasidan Davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash milliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridan xalqaro tadqiqotlar uchun masʼul xodimlarning malaka va koʻnikmalarini oshirib borishni tashkil etish maqsadida 20 nafar Oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun joriy yilning 17-22 fevral kunlari xalqaro baholash tizimlaridagi ishtiroki boʻyicha Rossiya tajribasini oʻrganish, oʻquv kurslari va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur masalada, Jahon bankining READ 2 dasturi va Rossiya Federatsiyasining Taʼlim sifatini baholash milliy markazi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Maktablar faoliyati kuzatuv kengashlari tomonidan nazorat qilinadi

04.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2018 yil 26 dekabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 16-mh-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 11 yanvarda 3118-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) asosida Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etilishi belgilangan.

XTV tomonidan Namangandagi maktablar holati oʻrganildi

04.02.2019Ta’lim

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari I.Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatidagi maktablar holatini oʻrganib chiqdi. Namangan viloyatida 685 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, mazkur muassasalarni oʻrganish jarayonida ularning quvvati va qamrov imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻrganish natijasida viloyatdagi mavjud maktablarning 78 foizida, aniqrogʻi, 522 tasida oʻqish jarayoni 2 smenada tashkil etilgani aniqlandi. Viloyat hududidagi 88 ta maktabning koeffitsiyenti 1,5 dan yuqori, hamda 46 tasida 2 koeffitsiyentdan yuqori.

Universitetlar hamkorligi

04.02.2019Ta’lim

2018-yili Toshkentda oʻtgan Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumida imzolangan kelishuvlarga muvofiq Andijon davlat universiteti delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universitetida boʻlib qaytdi.

UNMCSR-SNC vakillari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi

04.02.2019Ta’lim

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee (UNMCSR-SNC) tashkiloti bosh kotibi janob Szyanbo Vu boshchiligida Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Xorijlik ekspert Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga maslahatchi sifatida oʻz faoliyatini boshladi

04.02.2019Ta’lim

Jahon banki hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha xalqaro ekspert Bastian Bauman Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirish va uning xalqaro raqobatdoshligini taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maslahat kengashiga qabul qilindi.