O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ta'lim
Toshkentda Xitoydagi Nankin politexnika institutining filiali ochiladi 01.02.2019Ta’limXitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasida aloqalar oʻrnatish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Xitoydagi Nankin politexnika institutining delegatsiyasi vitse-prezident Chjan Syaojun boshchiligida Toshkentga keldi. |
Endi masofaviy malaka oshirish tizimidan keng foydalaniladi 01.02.2019Ta’limXalq taʼlimi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xalq taʼlimi tizimidagi 1000 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malakasini oshirish boʻyicha 2019-yil rejasi tasdiqlangan boʻlib, mazkur reja boʻyicha yanvar-aprel oylarida umumiy oʻrta taʼlim, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari rahbar kadrlari zaxirasi boʻyicha 300 nafar tinglovchilarni masofadan malakasini oshirish rejalashtirilgan. |
Eng yaxshi maktablar reytingini aniqlash masalasi muhokama etildi 31.01.2019Ta’limXalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2018-yilning 29-dekabrida imzolangan “Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 30-yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirligi binosida videoselektor yigʻilishi tashkil etildi. |
Maktablarda ijobiy psixologiyani oʻqitish metodikasi joriy etiladi 30.01.2019Ta’limOʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “Maktablarda zoʻravonlikni oldini olish va ijobiy psixologiyani oʻqitish metodikasi” loyihasini amalga oshirishni boshladi. |
“RoboCraft” kurslari tashkil etildi 30.01.2019Ta’limJoriy yilning 29 yanvarida “Barkamol avlod” Respublika bolalar oʻlkashunoslik va ekologiya markazida “RoboCraft” maxsus kurslarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi Int Tech korxonasi bilan hamkorligida tashkil etilgan maxsus kurs imkoniyatlari borasida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi. |
30.01.2019Jamiyat Joriy yilning 29-yanvar kuni “GrandMirHotel” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda oilada yashash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi “Ahil oila - Baxtli maktab” dasturi boʻyicha oʻquv-trening tashkil etildi. |
Yosh olimlarga grant ajratildi 29.01.2019FanOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi gʻoliblari aniqlandi. |
28.01.2019Ta’lim Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi. |
28.01.2019Fan 26-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. |
28.01.2019Ta’lim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 21-25-yanvar kunlari London (Buyuk Britaniya) Jahon taʼlim forumida ishtirok etdi. |
Oʻzbekistonda innovatsion va tadbirkorlik salohiyatining rivojlanishi 28.01.2019InnovatsiyaOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi hamda Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Lester Universiteti (Buyuk Britaniya) professori Stiv Konvey ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. |
Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon beriladi 25.01.2019Ta’limOʻzbekiston Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti bazasida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2018/2019 va 2019/2020 oʻquv yillarida ushbu bilim yurtining toʻrtinchi va beshinchi bosqich kursantlari taʼlim olishi amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha tugallanadi. |
Maktab formasi maxsus savdo shahobchalarida sotiladi 25.01.2019Ta’limXalq taʼlimi vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida videokonferensiya tarzida yigʻilish boʻlib oʻtdi. |
25.01.2019Ta’lim Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida 2019-yil 24-yanvar kuni boʻlib oʻtgan qator uchrashuvlarda turli davlatlar delegatsiyalari bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. |
Yurtimizda Buyuk Britaniyaning “Royal” maktabi filiali tashkil etiladi 23.01.2019Ta’limToshkent shahar hokimligida Buyuk Britaniyaning MBU Capital va Acumen Education kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
23.01.2019Jamiyat Xoʻsh, bu taklif qanday qabul qilindi? |
Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi yuzasidan 23.01.2019Ta’limOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligida Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi amalga oshirildi. |
Oʻzbekiston delegatsiyasi Londondagi Jahon taʼlim forumida ishtirok etmoqda 23.01.2019Ta’limPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtayotgan taʼlim boʻyicha Jahon forumida ishtirok etmoqda. |