O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida xitoylik oʻqituvchilarni qutlash marosimi boʻlib oʻtdi

2019-02-11 | Ta’lim

11 fevral kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli davlat ixtisoslashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekistonda koʻp yillar davomida taʼlim sohasida ishlab kelayotgan xitoylik oʻqituvchilar Dong Laoshi xonim va Vera Kaysuga minnatdorlik bildirish maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hamda Xitoyning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan qatnashdi.

1978 yildan buyon Dong Laoshi xonim maktablarda va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xitoy tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining akademik litseyi, 506-maktabgacha taʼlim muassasasi hamdaToshkentdagi Konfutsiy nomli oʻzbek-xitoy institutida ishlab kelmoqda. 2014 yilda u “Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻz navbatida, Vera Kaysu 55 yil davomida (1957 yildan 2012 yilgacha) 59-sonli davlat ixtisoslashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida xitoy tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan hamda “Xalq taʼlimi aʼlochisi” belgisiga musharraf boʻlgan.

Koʻp yillar davomida Dong Laoshi va Vera Kaysu bir necha avlodni tarbiyalab, xitoy tilini oʻrgatib, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida gumanitar aloqalarni mustahkamlashga oʻz hissasiini qoʻshgan.

Marosimda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Dong Laoshi va Vera Kaysuga mamlakatimizda taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorlik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, til xalqlarni birlashtiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga imkon beradi. Vazir oʻqituvchilarni bolalarga taʼlim olishga, jumladan, chet tillarini oʻrganishga mehrini kuchaytirishga chaqirdi.

Tadbirda 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari oʻzlarining musiqali chiqish va raqslarini namoyish etdi. Marosim soʻngida Dong Laoshi va Vera Kaysuga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Maktabga tashrif davomida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va Xitoyning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ular smart-sinf va lingofon kabinetini koʻzdan kechirdi.

Sherzod Shermatov va Jiang Yan Oʻzbekiston maktablarida xitoy tilini oʻqitishni yanada rivojlantirish va bu tilni oʻqitadigan maktablar sonini oshirish boʻyicha fikr almashdi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda xitoy tili faqat bitta maktabda oʻqitilib kelmoqda. Xitoy tilini oʻrganayotgan oʻquvchilar soni 1,43 ming nafarni tashkil etadi.

Поделиться