O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIUda “Inha” global taʼlim markazi ochildi

2019-02-15 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Inha” global taʼlim markazining ochilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Markazning ochilishi marosimida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va loyiha dekani Choy Ki Yang ham ishtirok etdi.

“Inha” global taʼlim markazi IUT va Inha universtitetida oʻqishga intilayotgan mahalliy hamda xorijiy talabalarga maslahatlashuv xizmatlarini taqdim etadi. Toshkent shahrida joylashgan ushbu rasmiy maslahat markazi turli maʼlumotlarni olishda axborotdan qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi. Bu xorijlik talabalarga oʻqish tizimiga koʻnikish va moslashishga yordam beradi.

Shu bilan birga markaz Oʻzbekistondagi Inha universiteti talabalari bilan almashish, stipendiyalar xaqida maʼlumot berish, telefon orqali talabalar bilan aloqada boʻlib turish boʻyicha xizmatlarini taqdim etadi, talabnoma berish va fakultetni tanlashda hamda yoʻnaltirishda yordam beradi.

Поделиться