O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

“Bolalik kunlarimda“ loyihasining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi

22.02.2019Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida “Bolalik kunlarimda” loyihasining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Agentlik tashabbusi bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Iqtidorli maktab bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

22.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ni tasdiqladi.

Oʻzbekistonda EGRA va EGMA baholash tadqiqotlari oʻtkaziladi

22.02.2019Ta’lim

2019-yilning 18-fevral kuni Xalq taʼlimi vazirligi hamda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekistondagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va matematika fanlaridan bilim darajalarini baholash tizimi muhokama etildi. Mazkur yigʻilishga Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov rahbarlik qildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xorijdagi oʻzbekistonliklarni ishga taklif qiladi

22.02.2019Jamiyat

Yurtimizda ilk marotaba Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun “Career Bridge” loyihasi doirasida videokonferensiya oʻtkazildi.

Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

21.02.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston va Finlyandiya taʼlim sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

20.02.2019Ta’lim

Joriy yilning 18-fevral kuni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sarvar Boboxoʻjayev Finlyandiya delegatsiyasini qabul qildi. Mazkur delegatsiya tarkibiga global taʼlim xizmatlari menejeri Heykki Pusa boshchiligida Yuvyaskyulya JAMK amaliy fanlar Universiteti vakillari kiritilgan. Uchrashuvda Finlyandiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor Elchisi Mariya Liivala ham ishtirok etdi.

Халқ таълими вазирлиги тўғрисидаги низом тасдиқланди

20.02.2019Ta’lim

Hukumat qarori bilan Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Rossiya elchixonasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

20.02.2019Ta’lim

18-fevral kuni MTV da Rossiya elchixonasi vakillari hamda vazirlik mutaxassislarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev hamda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamkorlik masalalari muhokama qildilar.

Oʻzbekistonlik mutaxassislar PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik boʻyicha Rossiyada malaka oshirmoqda

19.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Respublika taʼlim markazi hamda Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislaridan iborat 20 kishilik Oʻzbekiston delegatsiyasi taʼlim sifatini baholash yuzasidan PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Rossiya tajribasini oʻrganish maqsadida Moskva shahrida seminar-treningda qatnashmoqda.

Namunali faoliyat xalqaro miqyosda eʼtirof etildi

19.02.2019Ta’lim

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi yapon tilidan test imtihonlarini qabul qiluvchi “NAT-TEST” markazi faoliyati xalqaro miqyosda eng yaxshi, deb eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston va AQSH: oliy taʼlim tizimidagi hamkorlik yanada rivojlanadi

19.02.2019Ta’lim

18-fevral kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida AQSHning Vebster universiteti vitse-prezidenti Dj.Shuster rahbarligida delegatsiya qabul qilindi.

Oʻzbekiston va Finlandiya oʻrtasida hamkorlik kuchaytiriladi

18.02.2019Ta’lim

Taʼlim sifatini oshirishda Finlandiya bilan hamkorlik qilinadi.

Polsha Respublikasi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

18.02.2019Ta’lim

Maktabgacha taʼlim vazirligida Polsha respublikasi elchixonasi vakillari va vazirlik mutaxassislarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda Polsha respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Pyotr Ivashkevichlar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekistonda DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi boʻlib oʻtadi

18.02.2019Texnologiyalar

Mamlakatimizda joriy yilning mart oyi boshida qizlarning har tomonlama salohiyatini oshirish va ularni texnologiya sohasiga jalb etish maqsadida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻtkaziladi.

Avstraliyalik professor vatandoshimiz ishtirokida talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun videoseminar oʻtkazildi

18.02.2019Fan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan zamonaviy fizikaning taniqli namoyondasi, xalqaro darajadagi professor vatandoshimiz Alisher Qodirov ishtirokida videoseminar tashkil oʻtkazildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi

15.02.2019Ta’lim

Toshkent davlat stomatologiya instituti har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan A.I. Yevdokimova nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan Butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muntazam ishtirok etib keladi. Ushbu tadbir har bir talabaning oʻqish davomida olgan bilim va koʻnikmalarini namoyish etish imkonini beradi. Olimpiada koʻlamiga koʻra Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarini qamrab olgani eʼtiborga molik.

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari qoʻllab quvvatlanadi

15.02.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya va Maktabgacha taʼlim vazirliklarining tegishli topshiriqlariga asosan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim muassasalariga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har oylik kompensatsiyalar toʻlash va subsidiyalar ajratish boʻyicha viloyat moliya bosh boshqarmasi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.