O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV va Osiyo taraqqiyot banki istiqbolli hamkorlik boʻyicha muzokaralar boshladi
2019-02-08 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirish uchun hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha muhokamalar boshladilar.
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov OTBining ijtimoiy sektor boʻyicha katta mutaxassisi Shin Long boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki vakillari Oʻzbekiston bilan 2020-2022 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi boʻyicha ish olib borayotganini alohida taʼkidladi va mazkur uchrashuv Xalq taʼlim vazirligi bilan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlab olishga qaratilganligi aytildi.
Uchrashuv davomida OTB mutaxassislari davlat taʼlim tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari bilan tanishdi. XTVning asosiy vazifasi taʼlim sifatini oshirishdan iborat.
Shuningdek, maktablar infratuzilmasini, jumladan “Zamonaviy maktab” dasturi doirasida, takomillashtirish, oʻquvchilarning bilimi va oʻqituvchilarning malakasini baholash tizimini joriy etish hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda Osiyo taraqqiyot banki hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga xalq taʼlimi tizimga axborot texnologiyalarini joriy etish hamda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika) fanlarini oʻqitishni takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv soʻngida OTB va boshqa xalqaro hamkorlarning moliyaviy koʻmagida amalga oshiriladigan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va muhokama etish kelishib olindi.