O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNMCSR-SNC vakillari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi

2019-02-04 | Ta’lim

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee (UNMCSR-SNC) tashkiloti bosh kotibi janob Szyanbo Vu boshchiligida Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama memorandum imzolandi. Ishchi tashrif dasturi oʻz ichiga Xitoy OTMlari bilan hamkorlik masalalari istiqbollari muhokamasi va doʻstona munosabatlarni qurish, ilmiy va taʼlim faoliyatini rivojlantirish maqsadida kelishuv tuzilishini oʻz ichiga oldi.

Mazkur hujjat fan va taʼlim sohasida “Bir makon, bir yoʻl” Xitoy hukumati miqyosli tashabbusini amalga oshirish doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tuzilgan.

Memorandumda uning ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro ikki tomonlama diplom dasturi hamda hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot dasturlari va oʻzaro tadqiqot loyihalari tashkillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibi va bakalavrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik dasturlarini rivojlantirish, akademik almashinuvga yoʻl ochilishi nazarda tutiladi.

Uchrashuvda Xitoy delegatsiyasi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti asosida Oʻzbekistonga tarix, madaniyat, sanʼat va arxitekturani oʻrganish uchun bir millionga yaqin xitoy talabalari va oʻquvchilarini joʻnatishdan manfaatdor ekanini taʼkidlashdi.

“Xitoyda hamma ham Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻli markazida joylashganini bilavermaydi, shu sababli biz, imkon qadar koʻproq xitoyliklar mamlakatingiz tarixi va uning naqadar boyligini bilishlarini istardik, shu sababli ham loyihamiz markazi sifatida Oʻzbekistonni tanlaganmiz”, deydi Xaynan universiteti vakili Li Dzin.

Kelgusida, universitet qoshida Xitoy tili markazi hamda xitoy tilida soʻzlashuvchi gid-ekskursovodlarni tayyorlash markazi ochilishi rejalashtirilgan.

Поделиться