O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiya Federatsiyasida xalqaro baholash tizimlari boʻyicha trening mashgʻulotlari oʻtaydi

2019-02-05 | Ta’lim

Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018 yil 8 dekabrdagi 997-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “Yoʻl xaritasi“ning 2-bandi ijrosi yuzasidan Davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash milliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridan xalqaro tadqiqotlar uchun masʼul xodimlarning malaka va koʻnikmalarini oshirib borishni tashkil etish maqsadida 20 nafar Oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun joriy yilning 17-22 fevral kunlari xalqaro baholash tizimlaridagi ishtiroki boʻyicha Rossiya tajribasini oʻrganish, oʻquv kurslari va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur masalada, Jahon bankining READ 2 dasturi va Rossiya Federatsiyasining Taʼlim sifatini baholash milliy markazi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Shuningdek boshlangan xizmat safariga doir tashkiliy masalalar boʻyicha yanada aniqroq kelishuvga erishish maqsadida, 2019 yilning 4 fevral kuni Jahon Banki (Vashington)ning taʼlim sektori yetakchi mutaxassisi janob Janssen Teixeira, Jahon Bankining Oʻzbekistondagi vakillari hamda Inspeksiya rahbariyati oʻrtasida navbatdagi video-uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuv kun tartibidan asosan Rossiya Federatsiyasida tashkil etiladigan xalqaro baholash tadqiqotlari mutaxassislari safar xarajatlarini qoplash choralari, qolaversa, “Xalqaro taʼlim yutuqlarini baholash assotsiatsiyasi“ (IEA) bilan Oʻzbekistonning PIRLS2021 xalqaro ilmiy tadqiqotlarida ishtiroki boʻyicha imzolanishi kutilayotgan rozilik shartnomasini imzolash bilan bogʻliq masalalar oʻrin egalladi.

Ayniqsa, Oʻzbekistonning PIRLS2021 xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun harakatlarning boshlanganligi Jahon Banki vakillari tomonidan katta xayrixohlik bilan maʼqullandi. Bu borada oʻzlarining vakolatlari doirasida kerakli barcha yordam turlarini berish uchun tayyor ekanliklarini taʼkidlab oʻtdilar.

Yigʻilish soʻngida yaqin kunlarda IEA rahbariyati, Jahon Banki vakillari hamda Inspeksiya jamoasi ishtirokida galdagi rasmiy uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirildi.

Поделиться