O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida futzal boʻyicha musobaqa tashkil etildi

2019-02-13 | Sport

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida koʻplab musobaqalar, festivallar va tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Jumladan, Xalq taʼlim vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2005-2007 yillarda tugʻilgan oʻquvchilari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha “OʻFA KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa davomida jami 130 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Bugun 12 fevral kuni poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston“ sport majmuasida musobaqaning final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Finalda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining 57-maktab va Toshkent shahri Chilonzor tumanining 162-maktab jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi. Murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqti 4:4 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Musobaqa gʻolibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilar seriyasida omad Toshkent shahri jamoasiga kulib boqdi va “OʻFA KUBOGI” gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Final oʻyinidan keyin musobaqa gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Taqdirlash marosimida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlikning masʼul vakillari hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev qatnashishdi.

“OʻFA Kubogi“ bronza medali sohiblari Namangan va Navoiy viloyati jamoasi aʼzolari planshet va sport ekipirovkalari bilan, 2-oʻrinni egallagan Qashqadaryo jamoasi futbolchilari kumush medali va velosipedlar bilan taqdirlandi. Musobaqa gʻolibi Toshkent shahri jamoasi aʼzolariga kubok, oltin medallar va PlayStation 4 sovgʻa qilindi.

Shuningdek, musobaqada Xayrullayev Ravshan (Qashqadaryo) “Eng yaxshi futbolchi”, Ismatullayev Diyor (Navoiy) “Eng yaxshi darvozabon” va Sheraliyev Amir (Toshkent shahri) “Eng yaxshi toʻpurar” nominatsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Поделиться