O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eng yaxshi maktablar reytingini aniqlashda qatnashadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
2019-02-11 | Ta’lim
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 30 yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini baholovchi mezonlar (reyting indikatorlari)ni tasdiqlash, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumtaʼlim muassasalari reytingini tuzish boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
Mazkur yigʻilishda joriy yilda reyting jarayoniga jalb etiladigan umumtaʼlim muassasalarini tanlab olish, reytingga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, taʼlim muassasalarida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, nazorat ishlari oʻtkaziladigan fanlar rejaga kiritilgani toʻgʻrisida xabar bergan edik. Belgilgan vazifalarga koʻra, joriy yilda reyting jarayoniga jalb etiladigan umumtaʼlim muassasalari tanlab olindi va quyidagi 3 ta koʻrsatkich (indikatorlar) boʻyicha maktablar reytingi tuziladi:
1.“9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi koʻrsatkichi”;
2.“Oliy va birinchi toifali oʻqituvchilar ulushi”;
3.“Ijtimoiy soʻrov natijalari”.
Keyingi oʻquv yilidan boshlab 1-koʻrsatkich (11-sinf bitiruvchilarining taʼlim tayyorgarlik darajasi va sifat koʻrsatkichi)dan ham maktablar reytingini aniqlashda foydalaniladi. Reyting jarayonida 9-sinf oʻquvchilari ona tili fanidan diktant (125-140 ta soʻz) va matematika fanidan 1 ta masala va 4 misoldan iborat nazoratni topshiradi.
Quyida tuman va shaharlar kesimida umumtaʼlim muassasalar roʻyxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Reytingda qatnashadigan maktablar roʻyxati
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari.