O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Beshta tashabbus boʻyicha dasturlar yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oladi

03.04.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

XTVning chet tili oʻqituvchisi va metodisti Fransiya hukumati mukofoti bilan taqdirlandi

03.04.2019Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tizimining ikki nafar vakili Fransiya hukumatining “Akademik Palma” mukofoti kavalerlariga aylandi.

MGIMO delegatsiyasi bilan uchrashuv

03.04.2019Ta’lim

2019-yilning 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Maligin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.

Qoraqalpogʻiston va Xorazmda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish boʻyicha seminar tashkil etildi

03.04.2019Ta’lim

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi navbatdagi seminar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tashkil etildi.

Yoshlar mutolaasi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha soʻrovnoma

03.04.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizdagi maktablarga kitoblar sovgʻa qilish aksiyasi davom etmoqda.

Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga oʻquv jihozlari berildi

03.04.2019Ta’lim

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi hamkorligida Toshkent shahridagi 77-sonli koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Koʻzi ojiz bolalarni darsliklar va maxsus oʻquv jihozlari bilan taʼminlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida akademik mobillik yoʻlga qoʻyildi

03.04.2019Ta’lim

Xalqaro reytinglarga kirishning oʻziga xos shartlaridan biri xorijdagi nufuzli OTMlar bilan akadem mobillik tizimini yoʻlga qoʻyishdir. Akadem mobillik mamlakatlararo talabalar almashinuvi dasturi boʻlib, bunda bir nechta iqtidorli talabalar universitetning xorijdagi hamkor OTMlariga malaka oshirish va bir muddat taʼlim olish uchun yuboriladi.

“Qr-book” tizimida ishlovchi elektron kitob javoni yaratildi

02.04.2019Ta’lim
Toshkent davlat agar universitetida “Qr-book” tizimida ishlovchi elektron kitob javoni stendlari joriy etildi. 

Bolgariyada Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining innovatsion taʼlim imkoniyatlari boʻyicha maʼruza qilindi

02.04.2019Innovatsiya

Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti vakillari joriy yilning 11-16-mart kunlari Bolgariyaning “Angel Kanchev” Ruse universitetida ERASMUS+ loyihasi doirasida tashkil etilgan dastlabki uchrashuvda ishtirok etdilar.

Nemis tili darsliklari muhokamada

02.04.2019Ta’lim

Mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, shuningdek, xalq taʼlimi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ”Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.

Buxoroda Turkiya universitetining filiali va klinikasi ochiladi

02.04.2019Ta’lim

Mamlakatimizga Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti rektori, professor Jevdet Erdol boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Qayd etish joizki, 1903-yilda tashkil etilgan mazkur universitet Turkiyada yagona ixtisoslashgan tibbiyot universiteti, shuningdek, Yevropaning yetakchi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

“Barchaga sifatli taʼlim” loyihasidan qanday natijalar kutilmoqda

01.04.2019Ta’lim

Joriy yilning 28-mart kuni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi hamda UNICEF ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan “Barchaga sifatli taʼlim” loyihasini amalga oshirish uchun rasmiy kelishuv imzolandi. Ushbu loyiha 2 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi taʼlimni toʻgʻri yoʻnaltirishga toʻsiq boʻlayotgan koʻplab salbiy omillarni bartaraf etishga qaratilgan.

M.Yerniyazov: Kitob oʻqigan insonning aqli charxlanib, maʼnaviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi

01.04.2019Ta’lim

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.Yerniyazov Kegeyli tumanidagi oʻzi tahsil olgan 1-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga oʻz hisobidan qariyb 200 nomdagi 500 donaga yaqin kitob sovgʻa qildi.

“Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman!” aksiyasi davom etmoqda

01.04.2019Ta’lim

Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajabbayev Toshkent shahri Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi oʻzi taʼlim olgan 286-umumtaʼlim maktabining kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi.

Kogonda “Raqamli texnologiyalar markazi” ochildi

01.04.2019Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilgʻor xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

Xalq taʼlimi vaziri Qorakoʻl tumanidagi maktab-internatiga tashrif buyurdi

01.04.2019Ta’lim

Joriy yilning 28-mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanidagi 1-IDUMIga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir taʼlim maskanidagi oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

Jamoatchilik nazorati oliy attestatsiya jarayonida muhim mezon boʻlishi shart

29.03.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari muhokamasi portaliga oliy attestatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bogʻliq hujjat loyihasi joylashtirildi. Qaror loyihasiga ilm ahli tomonidan bildirilayotgan fikr va mulohazalar bilan birgalikda belgilangan platformadan tashqarida - ommaviy axborot vositalarida ham keng muhokama qilinmoqda.

Xivada Ogahiy maktabi tashkil etiladi

29.03.2019Ta’lim

Joriy yilning 20-martida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” qaror qabul qilingan edi. Mazkur qarorga binoan 2019-yilning dekabr oyida Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanishi va Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tashkil etilishi belgilandi.

Moʻynoq tumanidagi maktabga innovatsion kitoblar sovgʻa qilindi

28.03.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh vazirlik tomonidan taqdim etilgan loyihalarining joriy etilishini oʻrganish, hududning innovatsion eko tizimini yaratish borasida takliflar ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.