O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV tomonidan Namangandagi maktablar holati oʻrganildi

2019-02-04 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari I.Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatidagi maktablar holatini oʻrganib chiqdi. Namangan viloyatida 685 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, mazkur muassasalarni oʻrganish jarayonida ularning quvvati va qamrov imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻrganish natijasida viloyatdagi mavjud maktablarning 78 foizida, aniqrogʻi, 522 tasida oʻqish jarayoni 2 smenada tashkil etilgani aniqlandi. Viloyat hududidagi 88 ta maktabning koeffitsiyenti 1,5 dan yuqori, hamda 46 tasida 2 koeffitsiyentdan yuqori.

Misol uchun, Namangan shahridagi 1-umumtaʼlim maktabi quvvati 1490 oʻringa moʻljallangan boʻlib, maskanda 3000 nafar oʻquvchi oʻqiydi. 1010 oʻrinli 34-umumtaʼlim maktabida esa 2250 oʻquvchi, quvvati 620 oʻrinli boʻlgan 5-maktabda 1390 nafar oʻquvchi, 840 oʻrinli 11-umumtaʼlim maktablarida esa 1695 oʻquvchi tahsil olmoqda.

Ushbu holatni yaxshilash maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda ishlar olib borildi:

Birinchidan, umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlarini betalofat va samarali tashkil etish uchun kasb-hunar kollejlari binolarini xalq taʼlimi tasarrufiga oʻtkazish hamda kelgusida ulardan oqilona foydalanishga kelishildi. Oʻrganishlar asosida bu borada aniq takliflar tayyorlanib, tahliliy maʼlumotlar Respublika ishchi guruhiga taqdim etildi.

Ikkinchidan, 2019 yilda investitsiya dasturiga binoan Namangan viloyatida 6 ta yangi qurilish, 12 ta maktabni kapital rekonstruksiya qilish, 27 tasini kapital taʼmirlash rejalashtirilgan. Bu esa oʻz navbatida maktablarga oʻsib borayotgan talabni biroz maqbullashtirishga yordam beradi. Ayni paytda mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilgan.

2018 yilda investitsiya dasturi boʻyicha viloyatda 22 ta taʼlim muassasalarida 62,6 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shu oʻrinda yangi davrga xos islohotlar samarasida tashkil etilgan nodavlat umumtaʼlim maktablariga ham eʼtibor qaratib oʻtish oʻrinli. Viloyatda jami 8 ta shu yoʻnalishdagi maktablar mavjud boʻlib, ulardagi 47 ta sinfda 800 nafar oʻquvchiga 51 nafar pedagog saboq bermoqda.

Xulosa qilib aytganda, istiqbolni koʻzlab amalga oshirilayotgan islohotlar xalq taʼlimi sohasidagi yangilanishlar va amaliy saʼy-harakatlarda yaqqol namoyon. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1107-F sonli farmoyishiga asosan birgina Namangan viloyatidagi umumtaʼlim maktablari 7729 ta oʻquv partalari, 501 ta oʻqituvchi partalari, 998 ta kitoblar javoni, 518 dona doska, 7 ta maktabga 34 turdagi jihozlar, 730 million soʻmlik hamda 9 ta maktabga biologiya, kimyo, fizika laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilayotgani ham shundan dalolat beradi.

Taʼlim taraqqiyoti yurt istiqboli, kelajagimiz egalarining yetuk kamoli asosi. Bu esa ijobiy odimlar, saʼy-harakatlar salmogʻi va qamrovini yanada oshirishi tayin.

Поделиться