O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Abituriyentlarning OTMlarga elektron hujjat topshirishlari uchun moʻljallangan “UNIVERSITIES.UZ” dasturi yaratildi

2019-02-07 | Fan

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abituriyentlarning OTMlarga elektron hujjat topshirishlari uchun moʻljallangan “UNIVERSITIES.UZ” dasturi yaratildi.

Dastur Oʻzbekistondagi barcha OTMlar (manzillar, telefon raqamlari, fakultetlar, yoʻnalishlar, propusklar va h.k.) haqida maʼlumot olish; foydalanuvchi uchun alohida akkaunt ochish va u istalgan vaqtda oʻz hujjatlarini elektron shaklda yuborishi hamda sms-xabar orqali imtihon natijalarini bilishi kabi funksional imkoniyatlarga ega. 

Shuningdek ushbu dastur orqali butun dunyo boʻyicha grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin. 

Dastur mualliflari Isomitdinov Aloviddin va Joldibayev Nurlanga DGU 05826-raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться