O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XVJ vakillarining Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy bloki rahbarlari bilan uchrashuvi

2020-10-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 23-oktabr kuni videokonferentsiya shaklida XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillarining Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy bloki rahbarlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston tomonidan Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri - Jamshid Qo'chqorov, Moliya vaziri - Timur Ishmetov, shuningdek Markaziy bank raisi - Mamarizo Nurmuratov ishtirok etdi.

Kun tartibidan koronavirus pandemiyasidan keyingi tiklanish davrida mintaqadagi makroiqtisodiy barqarorlikka xavf soluvchi asosiy xatarlar, inqirozdan keyin iqtisodiyotni "yanada samarali tiklash" uchun islohotlarning ustuvor yo'nalishlari, shu jumladan makroiqtisodiy moliyaviy siyosat tizimini mustahkamlash, mamlakatlar iqtisodiyotining barqarorligi va diversifikatsiyasini oshirish, shuningdek ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish uchun zarur bo'lgan asosiy islohotlar muhokamasi o'rin oldi.

Uchrashuv boshida XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva koronavirus pandemiyasi dunyoning barcha mamlakatlari, shu jumladan Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatganini ta'kidladi. Majburiy karantin choralari natijasida aksariyat mamlakatlarda ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va iqtisodiy faollikning sezilarli kamayishi kuzatildi. Shu munosabat bilan u pandemiyadan keyingi tiklanish davrida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun kuchlarni birlashtirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston iqtisodiy bloki tashkilotlari rahbarlari o'z hukumatlari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish va koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta'sirini yumshatish bo'yicha ko'rilayotgan choralari to'g'risida ma'lumot almashdilar.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov O'zbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat haqida qisqacha taqdimot qilib 2020-yil oxiriga kelib O'zbekiston yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'atlari 1,8 foizni tashkil etishi kutilayotganini qayd etdi. Bundan tashqari, pandemiya inson kapitalini rivojlantirish hamda tarkibiy islohotlarni davom ettirish muhimligini yana bir bor isbotlagani ta'kidlandi. Mamlakat rahbariyatining mavjud muammolarga qaramay, iqtisodiyotni liberallashtirish, qishloq xo'jaligi sohasi va yer munosabatlarini isloh qilish, xususiylashtirish dasturini faol amalga oshirish orqali iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, shuningdek raqobat muhitini yaxshilash hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tarkibiy islohotlar kursini davom ettirish bo'yicha qat'iy rejalarini qayd etdi.

Bunda asosiy e'tibor inson kapitali saloyihatini rivojlantirish hamda kuchli ijtimoiy himoya tizimini ta'minlash uchun resurslarni safarbar qilish va tejashga qaratiladi.

Uchrashuv so'ngida XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva mintaqai mamlakatlari iqtisodiyotining o'sish sur'atlari va global ta'minot zanjirining samarali tiklanishini ta'minlash uchun mamlakatlarni birlashishga chaqirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться