O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezident Jorjina Beyker boshchiligidagi XMK mutaxassislari bilan uchrashuv

2020-10-22 | Iqtisodiyot

21-oktabr kuni Bosh vazir o'rinbosari-O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti Jorjina Beyker boshchiligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) mutaxassislari o'rtasida  videokonferensiya shaklida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, hamda sog'liqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari va Markaziy bank xodimlari ham uchrashuvda ishtirok etishdi.

 Uchrashuv boshida ishtirokchilar koronovirus pandemiyasining ta'siri, mamlakatdagi bugungi vaziyat va iqtisodiy inqiroz ta'sirini yumshatish maqsadida hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar. Tomonlar O'zbekiston hukumati va XMK qo'shma loyihalarining holatini muhokama qildilar.

Davlat banklarini muttasil o'zgartirish va xususiylashtirishga e'tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Ipoteka-bankda birinchi marta kuzatuv kengashi tanlangan bo'lib, unda ko'pchilikni mustaqil direktorlar tashkil etadi. O'zgartirish doirasida bank mustaqil bo'lishi ko'zlangan, shuning uchun kengash tarkibida davlat xizmatchilari qisqartiriladi. Boshqaruv tayinlanmaydi, balki raqobat asosida tuziladi.

Sog'liqni saqlash va energetika sohasida Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari ko'rib chiqildi. Gemodializ loyihasi muhim bosqichga – takliflarni taqdim etish talabiga (RFP) erishganligi haqida xabar berilgdi.

Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini modernizatsiya qilish haqida ham so'z yuritildi. XMK vakillari Jahon bankining ushbu sektorni isloh qilish bo'yicha tavsiyalarini bajarishda yordam berishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar. Tavsiya etilgan o'zgarishlar uning rivojlanishiga, DXSh loyihalarini amalga oshirishga va pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga yordam beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться