O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Podshoh Fahd nomidagi kutubxonada arab tilida chop etilgan Bobur asarlari va O‘zbekistonga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

2020-10-23 | Madaniyat

Buyuk shoir va davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va merosini har tomonlama o‘rganish, uni targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimiz elchixonasi vakillari Saudiya Arabistoni Podshohi Fahd nomidagi milliy kutubxonada bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Elchixonamiz vakillari Podshoh Fahd nomidagi milliy kutubxona faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Shu yerda arab tilida chop etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari va O‘zbekistonga oid 20 dan ziyod kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Kutubxona bosh kotibi Muhammad bin Abdulaziz Ar-Rashid bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston vakillarining kutubxona imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkinligi qayd etildi.

Uchrashuvda 21-oktabr mamlakatimizda o‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangani, endilikda ushbu sana ham katta tantana qilinishi haqida ma’lumot berildi.
«Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi o‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, ona tilini rivojlantirish, uning betakror jozibasi va go‘zalligini keng namoyish etish borasida ulkan tarixiy voqea bo‘lgani ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatmizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida fikr almashildi.

Tadbirda yaqin vaqtlarda kutubxonada yangidan nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimotini o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, o‘zaro muloqotda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bilan Podshoh Fahd milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash taklifi o‘rganildi.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni tomoni ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться