O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dehli universiteti professori Hadis ilmi maktabidagi faoliyatini davom ettirish uchun Toshkentga yetib keldi

2020-10-22 | Fan

TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. Dehli universiteti Tilshunoslik ilg‘or tadqiqotlar markazining Tilshunoslik kafedrasi professori Ravinder Gargash mehnat faoliyatini Hadis ilmi maktabida davom ettiryapti, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manbasiga asoslanib.

Mamlakatimizdagi diniy soha mutaxassislarining xorijiy tillarda erkin so‘zlash olishlarini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universitetidan Hadis ilmi fanlari doktori, professor Mahmud Abdulloh Abdurahmon hamda Balog‘at va munozara fanlari doktori, professor Ali Saad Ali Saad Hadis ilmi maktabi o‘quv jarayonlariga jalb etilgan edi.

Joriy yilda Hadis ilmi maktabining xorijiy o‘qituvchilar safiga yana bir mutaxassis jalb etildi. Xususan, Hadis ilmi maktabida ingliz tili fanidan dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Dehli universiteti Tilshunoslik ilg‘or tadqiqotlar markazining Tilshunoslik kafedrasi professori Ravinder Gargash taklif etildi.

Ta’kidlash joiz, R.Gargash ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha qirq olti yildan ortiq pedagogik tajribaga ega. U Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tadqiqotlar universiteti, Hindistonning Dehli universiteti kabi dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, professor Gargash 2017-2019 yillar davomida ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro standartlardan biri hisoblangan «TEFSOL India» va «Asia TEFL» vitse-prezidenti, 2019-2020 yillarda esa «Asia TEFL» prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться