23-oktabr kuni Axborot texnologilayari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Shuhrat Sodiqov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muhtor Elchisi Szyan Yan honim o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologilayari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Sh. Sodiqov ta’kidlaganidek, Xitoy xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng muhim sheriklaridan biridir. Davlatlarimiz o‘rtasida turli iqtisodiy sohalarda hamkorlik olib borilib, jumladan axborot texnologiyalari sohasida ham yetarli tajriba almashildi.
Szyan Yan honim, o‘z navbatida mamlakatlarimiz o‘rtasida olib borilayotgan samarali hamkorlikka hamda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ayniqsa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayaotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida elektron hukumat, axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT taʼlim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Оnlayn muloqot davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi