O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi

2020-10-30 | Madaniyat

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘zbek tili mavqeini oshirish maqsadida Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu munosabat bilan elchixona tomonidan “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasiga o‘zbek tilidagi 20 ga yaqin kitob taqdim etildi.

– Milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda til alohida ahamiyatga ega bo‘lgani kabi uni kelajak avlodga yetkazishda kitob ham muhim ahamiyatga ega, – dedi kollej prezidenti Assem Al-Xaj. – O‘zbek tomoniga taqdim qilingan kitoblar uchun minnatdorlik bildiramiz. Birlashgan Arab Amirliklari va kollejimizda o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar kutubxonaga kelib, ushbu kitoblardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Kollej kutubxonasi vakillari sovg‘a qilingan va Al Xorazmiy vatani bo‘lgan O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi noyob kitoblar talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otishiga ishonch bildirildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться