O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalar ijrosi muhokama qilindi

2020-10-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 14-oktabrda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan videokonferensiya davomida Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosining videokonferensiya shaklida muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari A.Voitov va L.Kudratovlar raislik qilgan ushbu muhokamada vazirliklar, idoralar va sanoat birlashmalarining birinchi shaxslari ishtirok etdi.
 
Xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarni qayta ko‘rib chiqish va ularni amalga oshirishning tahlili amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda amalga oshirish jadvalidan ortda qolayotgan bir qator loyihalarni batafsil ko‘rib chiqish ham amalga oshirildi, va natijada muammolarni bartaraf etishning aniq muddatlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik belgilangan holda mavjud masalalarni hal qilish algoritmlari ishlab chiqildi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yaqin idoralararo kooperatsiyani tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida topshiriq berildi. Mazkur ishchi guruhning vazifasi xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan loyiha va tashabbuslarni implementasiya qilishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish bo‘ladi.
 
Bunday yondashuv Davlat rahbari tomonidan Xitoy va Janubiy Koreya bilan hamkorlikning belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishning zarur shartidir - 2025-yilga borib, Xitoydan olib kirilayotgan yillik investisiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Koreya Respublikasidan esa 1 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2025-yilga borib Xitoyga amalga oshiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Koreya Respublikasiga esa - kamida 800 mln dollarni tashkil etishi kerak.
 
Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga barcha qo‘shma loyihalarni o‘rganish, ularni jadal, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan yangilangan “Yo‘l xaritalarini” tayyorlash, shuningdek, kelgusi yil uchun yangi istiqbolli dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi. Davlat rahbarining topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishining samarali monitoringini olib borishni ta'minlash maqsadida ushbu formatdagi muhokamalar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться